
Foto: «Podrobno.uz»
Xonanda Munisa Rizayeva bolalik suratlarini internetda e’lon qilish bilan bog‘liq bellashuv boshladi, deya xabar bermoqda «Podrobno.uz».
«Men bolalar suratlari fleshmobini yo‘lga qo‘ymoqdaman va sizni bellashuvga chorlayman», — deb Instagram’da yozib qoldirgan Munisa Rizayeva Nilufar Usmonova, Rayhon G‘aneva, Lola Yo‘ldosheva, Shahzoda, Ulug‘bek Rahmatullayev va Shohruxxon kabi hamkasblarining akkauntlarini belgilab chiqdi.
Munisa Rizayeva o‘zining bolalik fotosuratiga shunday izoh qoldirgan: «"Tuvak ostida" soch turmaklari modasi men kichkintoyni ham chetlab o‘tmagan».
Ushbu bellashuvda bir qator o‘zbek shou-biznesi yulduzlari qatnashib ulgurishdi. Xususan, Shahzoda va Rayhon G‘aniyeva o‘z bolalik suratlarini Instagram’da e’lon qilishdi.

Foto: «Podrobno.uz»

Foto: «Podrobno.uz»
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! 
Foto: «Podrobno.uz»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar