
2-10 noyabr kunlari Hindistonning Kochin shahrida o‘tkazilgan “Miss Asia Global” xalqaro go‘zallik tanlovida qozog‘istonlik Asem Yesengeldiyeva g‘olib deb topildi.
Xalqaro tanlovda 25 ta davlat vakillari qatnashdi. “Velada” model agentligi a’zosi Asem Yesengeldiyeva tanlov doirasida “Eng nafis sochlar egasi” nominatsiyasida ham taqdirlandi. Asem tanlovda olgan mukofot pulining bir qismini shoshilinch operatsiyaga muhtoj mahalliy bolalarga berdi.
“Miss Asia Global” xalqaro go‘zallik tanlovi 1968 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Asem Yesengeldiyeva – Olmaota shahridagi Abilayxon nomidagi Qozoq xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti talabasi. “MDH go‘zali – 2018” xalqaro go‘zallik tanlovida sovrindor bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar