AQShda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “People's Choice Awards” tanlovida yilning eng yaxshi filmlari aniqlandi. Unga ko‘ra, “2018 yilning eng yaxshi filmi” nominatsiyasiga “Marvel” kinostudiyasining “Qasoskorlar: boqiy urush” filmi munosib topildi.
Shuningdek, “People's Choice Awards”da boshqa janrlarda yaratilgan eng yaxshi filmlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Jeyms Foulinning “Erkinlikning ellik rangi” kartinasi “Eng yaxshi drama”, rejissyor Suzanna Fogelning “Meni poylagan josus” filmi – “Eng yaxshi komediya”, “Superoila - 2” multfilmi – “Eng yaxshi oilaviy animatsion film” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.
“Qora panterra” filmining bosh rol ijrochisi Chedvik Bouzman “Eng yaxshi aktyor”, Skarlett Yoxansson “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyalariga munosib topildi.
“People's Choice Awards” tanlovi 1975 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Unda g‘oliblar ommaviy tarzda o‘tkazilgan onlayn ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. “People's Choice Awards” g‘oliblarining to‘liq ro‘yxatini “Enews” nashri e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi