23:05 / 24.11.2018
6 732

Dizayner Ritu Beri Toshkent moda xaftaligida yangi liboslarini namoyish qildi (foto)

Dizayner Ritu Beri Toshkent moda xaftaligida yangi liboslarini namoyish qildi (foto)
Bugun Toshkentda bo‘layotgan moda haftaligi doirasida taniqli hind modeleri Ritu Berining kamalakning 7 xil ranglaridagi yangi liboslari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada dizaynerning zamonaviylik va klassikani uyg‘unlashtirgan qimmatbaho kolleksiyasi taqdim etildi.

Hind dizayneri ijodiy ishlarida zardo‘zlik orqali ishlov berilgan liboslarni harir matolar uyg‘unligida namoyish etdi. Ritu Beri liboslari namoyishiga O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Hoshimova ham tashrif buyurdi.

Ritu Beri – “Ritu Beri” dizaynerlik kompaniyasining rahbari va “Yaxshi ko‘rinishning 101 usuli” nomli moda kitobi muallifi. Fransiyaning “Scherrer” moda brendida eng birinchi osiyolik dizayner sifatida faoliyat yuritgan Ritu Beri kolleksiyalari Parij, Pekin, Vashington, Nayrobi va Kohira shaharlarida namoyish etilgan.

Uning kolleksiyalari aktrisa Nikol Kidman, Endi Makdauell, model Letitsiya Kasta kabi mashhurlar tomonidan xalqaro podiumlarda taqdim etib kelinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dizayner Ritu Beri Toshkent moda xaftaligida yangi liboslarini namoyish qildi (foto)