Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasi Tojikistondagi "chakan" kashtachilik san’atini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga qo‘shdi. Bu haqda YuNESKO 29 noyabr kuni Mavrikiy davlatida o‘tkazilgan 13-yig‘ilishida qaror qabul qildi.
"Chakan" kashtachilik san’ati milliy bezak turi bo‘lib, asosan, ayollarning keng ko‘ylaklariga tabiiy ipak yoki paxtadan foydalangan holda tikiladi.
Mazkur bezakli libosni Tojikistonda, xususan, tog‘li mintaqalarda ming yillar davomida ayollar o‘zlari uchun tikib kelishgan. Bu usulda bezak berilgan ko‘ylak janubiy Tojikiston aholisining bayramona libosi sanaladi va ko‘pincha bahorda, xususan, Navro‘z bayramida kiyiladi.
Tojikiston to‘rt yil oldin "chakan"ni YuNESKO nomoddiy madaniyat merosi qatoriga qo‘shish uchun taklif etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi