Xonanda San Jey 19 dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasi direktori Odil Abduqahhorov bilan uchrashganini va litsenziya olishini ma’lum qildi. Xonanda buni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan videomurojaatida aytdi.
“Qadrli muxlislarim, yaxshi yangilik bor. Men endi litsenziya olaman. Bu baxtni yuragimga sig‘dira olmayapman. Shuning uchun bu yangilikni siz bilan bo‘lishyapman. Mana, hozirgina “Turkiston” san’at saroyida Odil Abduqahhorov bilan gaplashib chiqdim. U kishi juda samimiy inson ekan. Biz allaqachon ko‘rishishimiz kerak edi. Lekin u kishining O‘zbekistonda emasligi tufayli ko‘risha olmadik”, deydi xonanda o‘z videomurojaatida.
Uning aytishicha, “O‘zbekkonsert” direktori soqol masalasida ham San Jey bilan kelishib olgan. Xonanda “soqolini butunlay olib tashlamasligini, biroz tartibga keltirishini” aytdi.
“Yana bir yangilik bor. Biz yaqinda repperlar uchun konferensiya qilamiz. Endilikda O‘zbekistonda rep janrini ham yangi darajaga olib chiqamiz”, deydi xonanda.
Bundan avval San Jey prezidentga videomurojaat bilan chiqqan edi. Murojaatdan so‘ng “O‘zbekkonsert” soqoli tufayli litsenziya ololmayotganini iddao qilgan xonandani ijodiy ko‘maklashish kengashining navbatdagi yig‘ilishiga chaqirgan va bu ish amalga oshmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi