19:48 / 09.01.2019
14 508

Bahor Cheshmeli haqida nimalarni bilasiz? (foto)

Bahor Cheshmeli haqida nimalarni bilasiz? (foto)
“Ayol” serialining bosh qahramoni Bahor Cheshmeli rolini gavdalantirgan aktrisa Oʻzge Oʻzpirinchji 1986 yilning 1 aprelida Istanbulda tavallud topgan.

Maktabni tamomlagach litseydagi taʼlimini Amerika Qoʻshma Shtatlarida davom ettiradi. Keyinchalik Sabanji Universitetining Menejment fakultetida tahsil oladi.

U ilk rollarini “Sevgiga jasorating bormi” va “Terak shamoli” seriallarida ijro etgan. Xushbichim qomat va goʻzal yuzga ega yosh aktrisa tezda rejissyorlarning nazariga tushadi va birin-ketin yangi serial va filmlarda suratga tushish takliflarini ola boshlaydi.

Uning eng koʻzga koʻringan rollaridan biri Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” asari asosida suratga olingan filmdagi bosh qahramon obrazi.

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida gapiradigan boʻlsak, hali turmush qurmagan, Burak Yamanturk ismli aktyor bilan ishqiy munosabatda.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bahor Cheshmeli haqida nimalarni bilasiz? (foto)