
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida rejissyor Jahongir Ahmedovning “Islomxoʻja” filmi taqdimoti oʻtkazildi.
“Islomxoʻja” filmi namoyishi Islomobod shahri meriyasi (hokimligi), Oʻzbekistonning Islomoboddagi elchixonasi va Pokiston “milliy madaniyat kengashi” koʻmagida oʻtkazildi. Pokistonning yetakchi telekanallarida va PTV news davlat kanalida “Islomxoʻja” premyerasining tashviqot va reklamalari keng yoritildi.
Film primyerasida Pokiston davlat diplomatlari, madaniyat xodimlari va Oʻzbekistonning Islomoboddagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.
“Filmda Oʻzbekiston buyuk tarixga ega ekanligi va “ziyorat turizm”ini rivojlantirishga asosli chuqur diniy qadriyatlarga ega ekanligini koʻrsatadi. Shu nuqtai nazardan ham “Islomxoʻja” filmi biz uchun qiziq”, deydi Pokistonning global va strategik tadqiqotlar markazi bosh mutaxassisi S.Axtar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar