Foto: “minbar.uz”
Hindlar bilan ishlangan film turistlar koʻpayishiga sabab boʻldi. Bu haqida “Minbar.uz” saytida xabar berilgan.
Hindlar bilan hamkorlikda ishlangan “Cheksiz quvonch” filmi Hindistonda namoyish etilgandan soʻng hindistonlik turistlar soni ikki baravar koʻpaydi. Bu haqida “Oʻzbekkino” direktori Furqat Zokirov maʼlum qildi.
“Qiziq tomoni, birgina film sababli Hindistondan Oʻzbekistonga yangi aviareys yoʻlga qoʻyilgan", – deydi Furqat Zokirov.
Komediya janridagi “Hoichoi unlimited” filmi oʻzbek tiliga “Cheksiz quvonch” deb tarjima qilingan. Film “Dev entertainment” kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan, rejissyori Aniket Chattopadhay. Badiiy filmning premyerasi 2018 yilning 12 oktabr kuni Kalkuttada boʻlib oʻtgan.
Ayni vaqtda filmni oʻzbekchalashtirish ishlari ketmoqda va u tez kunlarda oʻzbek tilida namoyish etiladi. Film toʻrt ogʻaynining sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Film Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida, shuningdek, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Ukraina va Ozarbayjonda tasvirga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi