22:00 / 01.04.2019
6 033

Mingta chanqovuz, bitta usta va 70 kunlik mehnat (foto)

Mingta chanqovuz, bitta usta va 70 kunlik mehnat (foto)
Foto: “Xabar.uz”
I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ochilish marosimining bayram dasturida 500 nafar yoshlar chanqovuz chalishadi. Bu haqda festival Matbuot markazi xabar bermoqda.

Bayram dasturi repertuaridan oʻrin olgan ushbu musiqiy chiqishda yosh ijrochilar Surxon vohasi urf-odat, anʼanasini oʻzida mujassam etgan, vohaga xos kuyni ijro etishadi.

Aytish kerakki, yoshlar tomonidan ijro etilishi rejalashtirilgan ushbu musiqiy chiqishda ijrochilar vohaning betakror tabiati va takrorlanmas sanʼatini chanqovuz asbobi kuyida tasvirlab berishadi.

“Ijro mahsulini eshitar ekansiz, kuyda yangrayotgan ohangda yurakni junbushga keltiruvchi nolani borligini his qilasiz. Va atrofga taralayotgan musiqa sizni bir dam olis oʻtmishga yetaklagandek, goʻyo”, — deyiladi xabarda.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, oʻtkaziladigan festivalga Boysunlik hunarmandlar oʻz hissasini qoʻshishga astoydil kirishgan. Jumladan, Gʻayrat Musurmonov tomonidan ming dona chanqovuz asbobi yasab berildi. Uni usta hunarmand yetmish kun davomida yasadi.

Bir soʻz bilan aytganda, festivalda chanqovuz tilini sayratgan, dillarni yayratadigan yosh chanqovuzchilar bayram dasturiga alohida tayyorgarlik koʻrishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mingta chanqovuz, bitta usta va 70 kunlik mehnat (foto)