Foto: “Daryo”
“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida “Million” jamoasining konsert dasturi boshlandi. “Million” jamoasi aprel oyining dastlabki oʻn kunligida sanʼat saroyida mezbonlik qiladi. Jurnalist Feruz Muhammad konsert dasturining ilk kunida mehmon boʻldi.
Konsert dasturida Davron Qobulov “Million” jamoasining konsert dasturida mehmon sanʼatkor sifatida kimni olib kelish haqida uzoq oʻyladik, 1,5—2 yillik muzokaralardan soʻng afsonaviy “Setora” guruhini toʻliq tarkibda sahnaga chiqishga koʻndirdik», — deya “Setora” guruhini sahnaga taklif etdi.
Foto: “Daryo”
Muxlislar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olingan “Setora” guruhi oʻzining eng xit taronalarini kuylab dasturga oʻzgacha fayz berdi.
Davron Qobulovning maʼlumotiga qaraganda, “Setora” guruhining aʼzosi Feruza Latipova “Million” jamoasining konserti uchun AQSHdan yetib kelgan.
Foto: “Daryo”
“Setora” guruhi konsert dasturida jami boʻlib ikki bor chiqish qildi. Birinchi chiqishda eng xit qoʻshiqlaridan parchalar kuylangan boʻlsa, ikkinchi chiqish dastur soʻnggida boʻlib, ular xonanda Ravshan Sobirov bilan “Xayr maktabim” qoʻshigʻini kuyladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi