21:05 / 08.04.2019
10 894

Durdona Qurbonova: "Yigitlar gap otganda o‘zidan sipo yasab oladigan qizlarni yoqtirmayman"

Durdona Qurbonova: "Yigitlar gap otganda o‘zidan sipo yasab oladigan qizlarni yoqtirmayman"
Aktrisa Durdona Qurbonova yaqinda Intervyu TV kanaliga bergan intervyusida ba’zi o‘zbek qizlari haqida o‘z fikrlarini bayon qilgan. Ya’ni:
- Yigitlar gap otganda o‘zidan sipo yasab oladigan qizlarni yoqtirmayman. Sipo ko‘ringan qiz rol o‘ynayotgan bo‘ladi. Yigitlarning o‘zlari ham bu narsani tushunib qolishgan. Ozgina gaplashib ko‘rsangiz seziladi. Uchrashuvlarga chiqqanda “yigitlar bilan gaplashmaganmisiz” deb so‘rashadi.

Bolalar bilan gaplashmagan qizning o‘zi yo‘q! Hech bo‘lmasa bir marta bo‘lsa-da sms xabar yozishgan. “Yozishmaganman” deydigan qizga men ishonmayman. Ba’zibir aktrisalarimiz instagramda jonli efirda “men sevgiga ishonmayman, kimdir meni yaxshi ko‘rib qolsa, o‘shanda ishonaman” deydi.

10 tasiga aldanib yurib, endi bunaqa gaplar qiladi. Ba’zida qizlar borasida o‘zim ham adashaman. Tirnog‘ida lak bilan namoz o‘qiydigan qizlar bor. Tirnog‘imga lak surib, s’yomkada yaxshi ko‘rinadi, deganman onamga. Shunda onam, sen s’yomkangni o‘ylayapsanmi yoki narigi dunyoingnimi, deganlar, - deydi Durdona Qurbonova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Durdona Qurbonova: "Yigitlar gap otganda o‘zidan sipo yasab oladigan qizlarni yoqtirmayman"