14:30 / 09.04.2019
5 570

Xonanda Lobar Umarovadan ijodiy yangilik (foto, video)

Xonanda Lobar Umarovadan ijodiy yangilik (foto, video)
"Aldading", "Alamlar", "Onajonim siz o‘ynang", "O‘zim" kabi qo‘shiqlar ijrochisi Lobar Umarova yangi qo‘shig‘iga klip olmoqda. Ushbu klipda u o‘zgacha imijda gavdalanadi.
Qo‘shiq nomi "Paydo-paydo", she’r muallifi Muslim Ali, musiqasi Jaffar Kenjayevga tegishli, klipmeyker esa Shuhrat Mavlonov. Klip poytaxtimizning turli joylarida suratga olinmoqda. Xonanda bu qo‘shig‘iga ham har doimgidek o‘zgacha yondashishga harakat qilgan. Demak, Lobar Umarovaga omad tilab qolamiz.

- Ushbu qo‘shig‘imiz boshqalardan ancha farq qiladi. Raqsbop desak ham bo‘ladi. Muxlislarimiz uchun qo‘limizdan kelgancha klipni rang-barang qilishga harakat qildik. Qolgan gapni muxlislarimiz aytishadi. Xudo xohlasa ularga yoqadi degan umiddamiz!, - deydi xonanda.











arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Lobar Umarovadan ijodiy yangilik (foto, video)