06:00 / 06.05.2019
3 425

Leonardo da Vinchining noma’lum portreti topildi

Leonardo da Vinchining noma’lum portreti topildi
Britaniyaning qirollik kolleksiyasida Leonardo da Vinchining noma’lum portreti topildi, deya xabar qildi Darakchi.uz nashri.

Mutaxassislarning aytishicha, portret muallifi rassomning shogirdlaridan biri bo‘lishi mumkin. Surat Leonardo da Vinchining vafotiga qadar 1519 yilda chizilgani taxmin qilinmoqda.

Aslida, portret bundan 51 yil oldin topilgan edi, ammo o‘shanda soqolli kishi tasviriga hech kim e’tibor bermagandi. Da Vinchining vafot etganiga 500 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘rgazmaga tayyorgarlik jarayonida tarixchi Martin Kleyton (Martin Clayton) kartinaga yaxshiroq e’tibor beradi va unda buyuk daho bilan o‘xshashlik jihatlarini topadi.

Portret Bukingem saroyida 24 may kuni keng jamoatchilikka namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Leonardo da Vinchining noma’lum portreti topildi