4 487
Komil Allamjonov: fuqarolarning turk seriallaridan noroziligi ortib borishi kuzatilmoqda
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasida fuqarolar O‘zbekiston telekanallari orqali uzatilayotgan turk seriallaridan norozi bo‘layotgani haqida yozdi.
«So‘nggi vaqtlarda mamlakat fuqarolarining nodavlat telekanallar efirida namoyish etilayotgan xorijiy, asosan turk seriallaridan noroziligi ortib borishi kuzatilmoqda va Agentlikka kelib tushgan murojaatlariga ko‘ra, ushbu seriallar ko‘p hollarda o‘zbek xalqining milliy udum va an’analariga, shuningdek milliy o‘zligimizga ma’no va mazmun jihatdan mos kelmaydi.
Agentlikka fuqarolarimizdan shu yilning faqatgina besh oyida kelib tushgan murojaat va shikoyatlar soni o‘tgan yil davomida kelib tushgan jami murojaatlar soni bilan taqqoslaganda 5 marta ko‘paygan.
Bundan tashqari, nodavlat telekanallarda mahsulot va xizmatlar savdosini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan, pul va boshqa ko‘rinishidagi sovg‘alar o‘ynaladigan ko‘rsatuvlar soni ko‘payib bormoqda. Nodavlat telekanallar ko‘rsatuvlar setkasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, telekanallar tizimli ravishda Litsenziya kelishuvi talablarini buzib kelishmoqda.
Yuqorida keltirilgan holatlar bizda asosli xavotirlar uyg‘otmoqda.
Agentlik respublika hududida qonun doirasida faoliyat olib borayotgan barcha – ham davlat, ham nodavlat ommaviy axborot vositalariga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston axborot bozori sub’ektlarini o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqchimiz», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi