
Foto: Facebook
Bugun, 14 oktyabr kuni xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatilgani haqida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rasmiy bayonot bilan chiqqandi.
Unda so‘nggi vaqtlarda Jahongir Otajonov mas’uliyatni biroz unutib qo‘ygani, san’atkor odobiga, milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan nomunosib harakatlar qilganlikda ayblanib, uning litsenziyasi bekor qilingani haqida ma’lum qilingandi.
«O‘zbekkonsert»ning ushbu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda turlicha qarshi olinmoqda.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov o‘zining telegram kanalida shunday yozib qoldirdi:
«Jahongir Otajonovning qo‘shiqlarini oilam va farzandlarim bilan yaxshi ko‘rib tinglayveramiz! Buning uchun shaxsan bizga litsenziya kerak emas!». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar