Foto: Instagram / @jahongir_atajanovs
Xonanda Jahongir Otajonov 2019 yilning 14 oktyabr kuni litsenziyasidan ayrildi. «O‘zbekkonsert» xonandaning so‘nggi vaqtlardagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har xil videolavhalari va undagi xatti-harakatlarini buning sababi qilib ko‘rsatdi.
Jahongir Otajonov o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida ushbu holat yuzasidan ilk bora videomurojaat qoldirdi.
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. Mana ikki kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda meni gostrol konsert faoliyatini yuritishim uchun huquq beruvchi litsenziyamni to‘xtatilgani haqidagi gaplar juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.
Men juda ham xursandman. Chunki bu sabab bilan menga nisbatan bo‘lgan qancha hurmat, e’tibor borligini, qolaversa, muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash borligini ko‘rib, bekorga san’atkor bo‘lmaganligimni tushundim.
Allohga behisob shukr, rozi bo‘linglar. Bir umr xizmatingizdamiz, ta’zimdamiz, hammangizdan Alloh rozi bo‘lsin. Uyingizda faqat to‘y bo‘lsin, yurtimiz tinch bo‘lsin.
Litsenziyamiz masalasiga keladigan bo‘lsak, u ham hal bo‘lar, ‘O‘zbekkonsert’ bilan ishlaganmiz har doim, bundan keyin ham kelishib ishlaymiz, Xudo xohlasa. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”