
"Fairytale" bu belorus-norvegiyalik skripkachi hamda qo‘shiqchi Aleksandr Rybak tomonidan yozilgan va bu uning birinchi debyut albomidir.
Ushbu qo‘shiq 2009 yilda Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan "Eurovision song" tanlovida g‘olib bo‘lgan.
2009 yil fevral oyida Norvegiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha,"Fairytale" Rybakning Oslo shahridagi Barratt Dunyo Musiqa Institutida tanishgan sobiq sevgilisi Ingrid Berg Mehus haqida hikoya qiladi.
2009 yil may oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rybakning aytishicha, bu qo‘shiqni u Skandinaviya folklorining maftunkor ayoli Huldra haqidagi hikoyani eshitganidan so‘ng ilhomlanib yozgan. Dastlab Huldra yosh yigitlarni o‘ziga jalb qilib, keyin ularni har doim lan’atlashini aytgan. Qo‘shiqning rus tilidagi versiyasi "Skazka" deb nomlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar