Vidyut Jamvall
Foto: Google Images
Hindistonning eng yirik kino kompaniyalaridan biri hisoblangan Panorama Studios O‘zbekistonda «Khuda Hafiz» nomli romantik jangari filmni suratga olish ishlari davom etmoqda. Bu haqda «Daryo»ga «O‘zbekkino» matbot xizmati ma’lum qildi.
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Film rejissyor Faruk Kabir tomonidan suratga olinmoqda. «Khuda Hafiz» filmini suratga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSh, Rossiya va qator Yevropa mamlakatlaridan 30 kishi O‘zbekistonga kelgan. Filmni suratga olish ishlari 14 oktyabrda boshlangan edi. Ushbu loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiyev ham suratga tushmoqda.
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Shu bilan birga ijodiy jarayonda O‘zbekistondan ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilingan. O‘zbekistondagi suratga olish ishlari byudjeti salkam bir million dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkent va Xiva shaharlarida suratga olinadi. Shundan so‘ng ijodiy guruh o‘z ishini Hindistonda davom ettiradi.
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, «Khuda Hafiz» filmi romantik-ekshn janrda bo‘lib, bosh rolni Vidyut Jamvall ijro etmoqda.
Kinokartina haqidagi dastlabki ma’lumotlarni filmning menejeri, kinotanqidchi Taran Adarsh Twitter sahifasida chiqargan. Film syujetiga hayotiy voqealar asos qilib olingan. Kartina premerasi 2020 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi