11:23 / 11.11.2019
2 733

VII "Umut" kinofestivalida o‘zbek kinofilmlari iliq kutib olindi

VII "Umut" kinofestivalida o‘zbek kinofilmlari iliq kutib olindi
Qirg‘izistonda o‘tkazilgan yosh kinoijodkorlarning VII "Umut" kinofestivali yakuniga yetdi. Festivalda o‘zbekistonlik yosh kinorejissyorlar Ilhom Haydarov “O‘g‘ri”, Husniddin Boymatov “Dunyodagi eng go‘zal surat” nomli qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etishdi.

Festivalda o‘z filmlarini namoyish qilgan yosh ijodkorlar bu ishtirok ular uchun o‘ziga xos tajriba maydoni bo‘lganini, ya’ni zamonaviy kino qay yo‘nalishda harakatlanayotgani, boshqa kino maktablari qanday filmlar yaratayotganiga guvoh bo‘lganini ta’kidlashdi, deb xabar berdi "O‘zbekkino".

Festivalda hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashgan kinoshunos, ssenarist Elmira Hasanovaning ma’lum qilishicha o‘zbekistonlik yosh rejissyorlar Ilhom Haydarov hamda Husniddin Boymatovning filmlari hakamlar hay’ati va ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olingan. E.Hasanova mazkur kinoforumda o‘zbekistonlik ishtirokchilar nafaqat diplom va sovrinlarni, balki asosiy "sovrin" – orttirilgan tajriba va yangi do‘stlar bilan tanishish, fikr almashish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Festivalda London kinomaktabi bitiruvchisi ozarbayjonlik yosh ijodkor O‘rxan Og‘azodaning "Stullar" nomli qisqa metrajli filmi "Eng yaxshi film" deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu kinofestivalda yosh kinorejissyor Shokir Xoliqov "Choy" filmi bilan ishtirok etib, 2 ta nominatsiya bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » VII "Umut" kinofestivalida o‘zbek kinofilmlari iliq kutib olindi