Adila Sedraja - Indila nomi bilan mashhur bo‘lgan xushovoz xonanda. U 1984 yil 26 iyun kuni Fransiyaning Parij shahrida tavallud topgan.
Indila boshqa fransuz musiqachilari bilan hamkorlik qiladi, masalan Nessbeal, Rohff, TLF, Soprano va Yousufa, shuningdek, ko‘plab kompozitsiyalarga mualliflik qiladi. U shuningdek Matt Pokora, Admiral T, DJ Abdel va Axel Toni singari rassomlar uchun maxsus qo‘shiqlar ham yozib bergan.
2014 yil 25 maydagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, uning "Mini World" albomi 12 hafta davomida fransuz qo‘shiqlari ro‘yxatidagi "eng yaxshi uchlik"dan joy olgan. Ma’lumot sifatida shuni ham aytib o‘tish kerakki, uning bu albomi bir hafta mobaynida birinchi o‘rinni egallab kelgan.
2013 yil dekabr oyida taqdim etilgan "So‘nggi raqs" (Dernière danse) qo‘shig‘i Fransiyadagi SNEP da 2-o‘rinni egalladi.
2014 yil oktyabr oyida Indila "MTV Europe Music" mukofotiga sazovor bo‘ldi. U 2015 yil fevral oyida "Victoires de la Musique"da yilning eng yaxshi yangi albomi (Mini World uchun) mukofotiga sazovor bo‘ldi.
2019 yil 23 avgustda Indila o‘zining yangi "Yuzimga gapir" (Parle a ta tête) qo‘shig‘i bilan yana o‘z ijodini davom ettirdi. 2019 yil 14 noyabrda bu qo‘shiq uchun musiqiy video ham chiqarildi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...