Kino ixlosmandarini 2019 yilning so‘nggi ikki oyida qanday premeralar kutmoqda. Bugungi sharhimizda noyabr va dekabr oylarida katta ekran yuzini ko‘radigan filmlar haqida ma’lumot beramiz.
«BIRINChI AVGUST»
Premera: 26 noyabr
Rejissyor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olingan «Birinchi avgust» filmida oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq firibgarliklar nishonga olingan. Kino kartinada bosh qahramon rolini Yigitali Mamajonov gavdalantirgan. Yana bir bosh rol ijrochisi yosh, iste’dodli aktrisa Feruza Yusupova. «Birinchi avgust» filmida ta’lim sohasidagi noqonuniy amallar muammolari ko‘tarilgan. Yigitali Mamajonov test jarayonlarida "parovoz" vazifasini bajaradigan uddaburon obrazida namoyon bo‘ladi.
«AVLONIY»
Premera: 6 dekabr
Film Tohir Malikning «Qaldirg‘och» asari asosida suratga olingan filmga Muzaffar Erkinov rejissyorlik qilgan. Kartinada Abdulla Avloniyning 1919 yilda Afg‘onistonga qilgan diplomatik safari haqida hikoya qilinadi. Abdulla Avloniy rolini Xorazm teatri aktyori Alisher Yo‘ldoshev ijro etgan. Filmda shuningdek, mahoratli aktyorlardan Matyoqub Matchonov, Muhammadali Abduqunduzov, Abror Yo‘ldoshev, Javohir Zokirovlar ijro mahoratlariga guvoh bo‘lish mumkin. Filmni suratga olish ishlari aprel oyida boshlanib, avgust oyida nihoyasiga yetgan. Tasvirga olish jarayonlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Qo‘qon hududlarida bo‘lib o‘tgan
«QO‘QON ShAMOLI»
Premera: 20 dekabr
Rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan «Qo‘qon shamoli» nomli tarixiy filmi Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi. Filmda bosh rollarni Taniqli aktyor Bobur Yo‘ldoshev, aktyor Ilhom Berdiyev, shuningdek, yosh, umidli aktrisa Rayhon Asatovalar ijro etishgan. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Shohida Ismoilova, Gulbaxor Yuldasheva, Hoshim Arslonov, Furqat Baydiyev hamda O‘zbekiston xalq artisti Muhammad Rafiqov boshqa aktyorlar ishtirok etishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi