23:15 / 22.11.2019
1 659

Julia Robertsning eng qiyin roli qaysi edi?

Julia Robertsning eng qiyin roli qaysi edi?

Gollivud kino olamida o‘zining takrorlanmas rollari bilan barchaning yuragidan joy olgan Juliya Roberts o‘zining eng qiyin roli haqida qiziqarli ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi. Uning eng qiyin rollaridan biri bu televideniyadagi Amazon shousi uchun zimmasiga yuklatilgan vazifa bo‘lgan ekan.

Nega degan savolga esa u quyidagicha javob berdi: "... ular menga shouning butun boshli ssenariysini tutqazishganda men ularga »Nima bu?", -deya baqirib yubordim. Yozuvlar shu qadar ko‘p ediki, men ularni birma-bir yodlashimga to‘g‘ri kelardi. Oilali ayol sifatida bu menga anchagina qiyin edi, negaki bolalarim bilan bir qatorda juda uzun ssenariyni yodlab chiqish biroz qiyinchilik tug‘dirdi.

O‘sha kezlarda bolalarimning uxlashini kutardim va keyin tonggacha vazifalarimni qilib chiqardim. Buni ko‘rgan erim ham "seni bunchalik qattiq ishlaganingni shu paytgacha ko‘rmagan edim", -degandi. Uning shoudagi roli askarlar muammosi bo‘yicha mas’ul davlat maxfiy xizmat xodimasi Xeydi obrazi edi. Biroq shuncha qiyinchiliklarga qaramay, u o‘z rolini qoyilmaqom tarzda ijro eta oldi. Aktrisaning irodasi hamda mahoratiga yana bir marotaba qoyil qolishdi.

Julia Roberts eng qiyin roli Xeydi obrazi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)