O‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar joriy yilning 26 noyabridan 1 dekabriga qadar davom etadigan “DigiCon6 Asia Awards — 2019” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun Gonkongga jo‘nab ketdi.
Osiyo bo‘yicha iqtidorli mualliflarni topish, tanitish va ularning ajoyib ishlari uchun rag‘batlantirish maqsadida har yili kuzda o‘tkazib kelinadigan “DigiCon6 Asia Awards” mukofotiga o‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlarning ikkita filmi — Shokir Xoliqovning “Choy” va Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovg‘a”si taqdim etildi. O‘zbekistonlik vakillar jami yetti kishidan iborat.
— Yosh kinoijodkorlar — milliy kinematografiyaning kelajagi, shu sabab ularning ijodiy mahorati oshishiga katta e’tibor qaratish lozim, — deydi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov. — Bizning iqtidorli yigitlar bunday nufuzi festivalda O‘zbekistonda yosh kinoijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘zlarining qobiliyati tufayli ishtirok etishmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
— Kelgusida “O‘zbekkino” yosh kinoijodkorlar mahoratini oshirish uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator loyihalar tashkillashtirishini ta’kidlab o‘tdi Abduxoliqov.
— Biz “O‘zbekkino” milliy agentligi qoshida Yoshlar ijodiy markazi va yoshlar ijodiy studiyasini tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Bundan tashqari, barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan 150 o‘rinli ijodiy laboratoriyani ochishni mo‘ljalladik, deydi “O‘zbekkino” rahbari.
Shuni qayd etish kerakki, “DigiCon6 Asia Awards”da Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Tailand davlatlari vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston festivalda ilk bor qatnashmoqda. Yaponiyaning yirik media kinokompaniyasi TBS kinofestival tashkilotchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi