2019 yil sarhisobi bo‘yicha Mumbayda o‘tkazilagan Star Screen Award 2019 tanlovida «Gulli Boy» filmi uchun Ranvir Singx va Aliya Bxattlar eng yaxshi aktyor hamda eng yaxshi aktrisa unvonlarini qo‘lga kiritishdi. O‘z intervyusida Aliya Bxatt kinodagi hamkori Ranvir Singx hamda rejissyor Zoyaga unga shunday ajoyib mukofotni qo‘lga kiritishida yelkadosh bo‘lishgani uchun minnatdorchilik bildirib o‘tgan.
Yulduzli kechada Deepika Padukone, Ranvir Singx, Aliya Bxatt, Ayushmann Xurrana, Sara Ali Xon, Ananya Panday, Xritik Roshan, Shahid Kapur va boshqa taniqli kishilarning tashrifi kuzatildi. Zoya Axtar rejissyorligida suratga olingan «Gulli Boy» filmi «Yil filmi» sifatida e’tirof etilmoqda, Zoyaning o‘zi esa «Eng yaxshi rejissyor» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ushbu nufuzli marosimda faxriy aktyor Prem Chopra «Umrboqiy yutuqlar» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Iste’dodli Bollivud aktyorlari hamda aktrisalariga omad tilab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi