
O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning Tashkent City majmuasidagi istirohat bog‘i tarkibida o‘rnatilgan haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda.

Foto: «Daryo»
Marosimda jurnalist, boshlovchi Muhabbat Hamroyeva boshlovchilik qildi. Hojiboy Tojiboyevning haykali ochilish marosimida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashraf Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov, Madina Muhtorova, Hojiakbar Komilov, kulgu ustasi Valijon Shamsiyev, Hojiboy Tojiboyevning rafiqasi Shahlo Tojiboyeva, qizlari Intizor, Ruhangiz va Madinabonu Tojiboyevalar hamda Hojiboy Tojiboyevning yaqinlari, shogird va muxlislari ishtirok etdi.

Marosimga yig‘ilgan so‘z va kulgu ustalari, Hojiboy Tojiboyevning shogirdlari Hojiboy Tojiboyevni xotirladi, uning o‘zbek qiziqchilik san’atida tutgan o‘rni, kundan kunga uning san’ati ommalashib borayotgani haqida so‘zladi.

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar