6 698
“O‘tkan kunlar” filmining to‘liq versiyasi 10ta milliy telekanal orqali namoyish etiladi
Foto: “O‘tkan kunlar” filmidan kadr
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ko‘magi bilan, 29 dekabr kuni “O‘zbekkino” va 10ta milliy telekanal “O‘tkan kunlar” filmining to‘liq versiyasini namoyish qilish aksiyasini o‘tkazadi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriyning romani asosida yaratilgan ushbu film namoyishi yozuvchi tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlanadi.
“Joriy yilda Prezidentimizning tashabbuslariga ko‘ra, 1969 yilda rejisser Yo‘ldosh A’zamov tomonidan yaratilgan “O‘tkan kunlar” filmining to‘liq versiyasi negativ plyonkadan qayta tiklanib, raqamli formatga o‘tkazildi va 2019 yil 7 dekabr kuni O‘zbekistonga taqdim etildi. Taniqli hamyurtimiz, mashhur xayriyachi Alisher Usmonovning beminnat ko‘magida amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan bu tadbir, milliy kinematografimizning durdona asarlarining raqamli formatga o‘tkazilgan versiyasini Rossiya kinofondidan qaytarib olib kelish milliy loyihasining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Shu sababdan, "O‘zbekkino" Milliy agentligi hamyurtimiz Alisher Usmonovga o‘zbek xalqiga qilingan ushbu bebaho sovg‘a uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, deyiladi xabarda.
Film namoyishi tong soat 8 da davlat va nodavlat telekanallarda quyidagi tartibda boshlanadi:
1. «O‘zbekiston» telekanali 21.40 (o‘zbek tilida)
2. «Yoshlar» telekanali 10.20 (o‘zbek tilida)
3. «Mahalla» telekanali 18.30 (o‘zbek tilida)
4. «Oilaviy» telekanali 13.10 (rus tilida)
5. «Madaniyat va ma‘rifat» telekanali 15.10 (o‘zbek tilida)
6. «Kinoteatr» telekanali 16.40 (o‘zbek tilida) va 20.10 (rus tilida)
7. “Sevimli” TV 10.00
8. “Mening yurtim” TV 22.30
9. “Zo‘r” TV 11.00
10. “Milliy” TV 8.00 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi