3 833
Vazir: Xorij seriallarini beruxsat namoyish etish katta muammo keltirib chiqarishi mumkin
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida mualliflik huquqi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lum qildi.
«Hech kimdan so‘ramay efirga berilayotgan seriallarning javobini kim beradi. Davlat kanallari qanchadan-qancha xorij seriallarini yillab namoyish etgan. Yoki kinolarni ayting. Agar o‘sha xorijiy kompaniyalar sudga bersa davlat qancha pul to‘lashga majbur bo‘lishini kimdir o‘ylayaptimi?
Mayli, agar o‘zimizdagi biror xonandaning qo‘shig‘ini beruxsat qo‘yib yuborishsa va u sudga bersa, kelishib ketsa bo‘ladi. Uyiga birorta chopon ko‘tarib borib, kelishib olish mumkin. Ammo xorijiy kompaniyalar bilan bunday qilib bo‘lmaydi.
Hozir xorijdan film yoki serial sotib olishga qurbi yetadiganlar yo‘q. Ammo namoyishlar hamon davom etyapti. Bu muammoning ildizi juda chuqur. Hozircha bu masala tartibga solingani yo‘q. Ammo tegishli idoralar tomonidan mualliflik huquqi mavzusiga qiziqish bildirilmoqda», — deydi Ozodbek Nazarbekov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)