13:25 / 10.02.2020
5 958

«Oskar-2020» mukofotining barcha sovrindorlari ma’lum bo‘ldi (ro‘yxat)

«Oskar-2020» mukofotining barcha sovrindorlari ma’lum bo‘ldi (ro‘yxat)
AQSHning Los-Anjeles shahrida 92-«Oskar» mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jonli efir Okko onlayn-kinoteatrida namoyish etildi.
Janubiy Koreyalik kinoijodkorlarning «Parazitlar» filmi yilning "Eng yaxshi film"i deb e’lon qilindi. «Oskar» mukofoti tarixida ilk marta asosiy sovrinni ingliz tilida bo‘lmagan film oldi.

Bu nominatsiyada «Jojo-quyon», «Nikoh tarixi», «Bir zamonlar Gollivudda», «1917», «Kichkina ayollar», «Joker», «Ford Ferrari’ga qarshi» va «Irlandiyalik» filmlari bahs olib borgan edi.

Mashhur gollivud aktyori Bred Pitt ham «Bir zamonlar Gollivudda» filmidagi ikkinchi darajali roli uchun o‘zining ilk «Oskar»ini qabul qilib oldi.

G‘oliblar to‘liq ro‘yxati:

Eng yaxshi film — «Parazitlar»

Eng yaxshi rejissyor — Pon Jun-xo («Parazitlar»)

Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks («Joker»)

Eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger («Judi»)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Lora Dyorn («Nikoh tarixi»)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Bred Pitt («Bir zamonlar Gollivudda»)
Eng yaxshi original ssenariy — Pon Chjun Xo («Parazitlar»)
Eng yaxshi adaptatsiyali ssenariy — Tayka Vaytiti («Jojo-quyon»)
Eng yaxshi animatsion film — «O‘yinchoqlar tarixi 4»
Eng yaxshi hujjatli film — «Amerika fabrikasi»
Eng yaxshi kiyim — «Kichkina ayollar»
Eng yaxshi rassom — «Bir zamonlar Gollivudda»
Eng yaxshi grim —«Mojaro»
Eng yaxshi montaj — «Ford Ferrari‘ga qarshi»
Eng yaxshi ovoz montaji — «Ford Ferrari‘ga qarshi»
Eng yaxshi ovoz — «1917»
Eng yaxshi operatorlik ishi — Rojer Dikins («1917»)
Eng yaxshi vizual effektlar — «1917»
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Sochga muhabbat»
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Harbiy harakatlar hududida skeytbord uchishni o‘rganish»
Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film — «Qarama-qarshi oyna»
Eng yaxshi xorijiy film — «Parazitlar»
Eng yaxshi qo‘shiq — «Roketmen»
Eng yaxshi original saundtrek — «Joker».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Oskar-2020» mukofotining barcha sovrindorlari ma’lum bo‘ldi (ro‘yxat)