Foto: Madaniyat vazirligi
TURKSOY xalqaro tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida 30-31 mart kunlari Xiva shahrida «Xiva 2020 Turk dunyosi madaniyati poytaxti» yili munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Xiva 2020 yilda turkiy dunyo madaniyati poytaxti» yilining tantanali ochilish marosimi Xiva shahridagi «Ichan-qal’a» muzey qo‘riqxonasi va Nurillaboy saroyi majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda ishtirok etish uchun YUNЕSKO, AYSЕSKO, MDH, SHHT kabi xalqaro tashkilotlari vakillari, olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi, namoyish etiladi. Shu bilan birga, mehmonlar folklor, xalq ijodiyoti namunalari va milliy hunarmadchiligimiz hamda milliy taomlardan bahramand bo‘lishadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi