2 945
Backstreet Boys guruhi xonandalari video aloqa orqali birlashib, xit taronasini ijro etdi (video)
Foto: FOX
FOX telekanali va iHeartRadio radiostansiyasi jahon estradasi yulduzlari ishtirokida onlayn konsert tashkil etdi, deb yozadi Starhit.
Koronavirus tufayli uyda o‘tirishga majbur bo‘lgan san’atkorlar xit taronalarni uydan turib kuylab berdi. Ularning konsertlari translyatsiyasi davomida esa koronavirusga qarshi kurashish uchun pul yig‘ildi.
Xayriya tadbirida Merayya Keri, Billi Aylish, Elton Jon va boshqa san’atkorlar ishtirok etdi. Biroq ularning ichida muxlislarga eng manzur bo‘lgani Backstreet Boys guruhi xonandalarining ijrosi bo‘ldi.
Guruhning besh a’zosi o‘z uylaridan video aloqa orqali bir-biri bilan bog‘lanib, «Men hammasi aynan shunday bo‘lishini istayman» (I Want It That Way) qo‘shig‘ini kuylab berdi.
Guruh xonandalari tomonidan suratga olingan videorolik internetda ommalashdi.
«Ushbu tadbirda ishtirok etish imkonini berganingiz uchun rahmat. Uyda qoling va xafsiz bo‘ling! Ushbu ajoyib loyihada qatnashish biz uchun sharaf», — deydi guruh xonandasi Nik Karter.
Videoda xonandalar nafaqat kuylagan, balki farzandlari bilan raqsga tushib, turli kulgili harakatlarni ijro etgan.
Ushbu video sevimli xonandalarini sahnada ko‘rish imkonidan mahrum bo‘lgan barcha muxlislar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Backstreet Boys jahon estradasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri hisoblanadi. Faoliyati davomida guruhning 130 milliontadan ortiq diski sotilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin