Kadr: YouTube
Yozuvchi Tohir Malik asari asosida suratga olingan «Shaytanat» serialining 20 ta qismi Zo‘r TV’da namoyish etildi. Yakunlovchi 21-qismni telekanal namoyish etmadi.
«Shaytanat» rejissyori va prodyuseri, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev «Daryo»ga bergan izohida 21-qism karantindan so‘ng kinoteatrda namoyish etilishini ma’lum qildi.
«Ko‘pchilik kutayotgan 21-qism hali tayyor emas. Karantindan keyin montaj va ovoz berish jarayonlarini oxirigacha yetkazamiz. So‘ngra Alisher Navoiy nomli kinosaroyda aktyorlarni yig‘ib, premera qilib beramiz», — dedi Yodgor Sa’diyev.
Serialning 21-qismi ilgari hech qayerda namoyish etilmagan. Ammo uning treyleri bir necha yil oldin internetda paydo bo‘lgan. 21-qismda Ulug‘bek Qodirov hamda Nozim To‘laxo‘jayev singari aktyorlar rol ijro qilgan. Yakunlovchi qism katta ekranlarga chiqquncha uning treylerini tomosha qilib turing.
[media=https://youtu.be/8AvbYEE9Ims]
«Shaytanat» seriali voqealari o‘tgan asrning 80 yillarida bo‘lib o‘tadi va undagi qahramonlarning barchasi to‘qima obraz hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi