
Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Nosirov Jamol Shuhratovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
J.Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008 yili esa universitetning magistraturasini tugatgan.
Bir muddat «Kamolot» YOIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan. Shundan so‘ng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan edi.
2017 yilda esa Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar