AQSHning Deadline nashri 2019 yilning eng serdaromad filmlari ro‘yxatini tuzdi.
Ro‘yxatda qolgan filmlardan ancha farq bilan “Qasoskorlar: Final” (Avengers: Endgame) filmi yetakchilik qilmoqda. Film o‘z ijodkorlariga 890 mln dollar sof daromad keltirgan.
Reytingni tuzishda ishlab chiqarish xarajatlari, aktyorlar gonorarlari, reklama xarajatlari va boshqa omillar hisobga olingan.
2-o‘rinni “Muzyurak” (Frozen 2) filmining sikveli 600 mln dollarlik daromad bilan egallagan.
Yetakchi uchlikdan “Qirol sher” (The Lion King) multfilmining rimeyki ham o‘rin olgan. Disney kinostudiyasi blokbasteri 580 mln dollar sof foyda keltirgan.
Keyingi o‘rinlarni “Joker” (Joker), “Kapitan Marvel” (Captain Marvel), “O‘yinchoqlar tarixi 4” (Toy Story 4), “Oloviddin” (Aladdin), “O‘rgimchak-odam: Uydan olisda” (Spider-Man: Far From Home), “Yulduzli janglar: Skayuoker” (Star Wars: The Rise of Skywalker) , “Jumanji: Keyingi bosqich” (Jumanji: The Next Level), “U 2” (It Chapter Two) va “Ajdarhoni qo‘lga o‘rgatish 3” (How to Train Your Dragon: The Hidden World) filmlari egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik