
Foto: MyDay
Jurnalist Jasur Hamroyev karantin tufayli AQSHning Nyu-York shahrida qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov bilan suhbatlashdi. Ushbu suhbat davomida Habibulla Nizomov rejissyor Hilol Nasimovning filmlariga bo‘lgan munosabatini bildirdi.
«Ochig‘ini aytsam, agar Hilol Nasimov olamdan o‘tsa, men uning janozasiga bormayman. U inson bilan uchrashishni ham xohlamayman.
Bir inson yoki xalqning qanchadir qismi adashgan bo‘lsa, uni ma’rifat bilan, chiroyli tushuntirsa ham bo‘ladi. Men bu rejissyorning filmlaridan ma’rifat topa olmaganman.
Islomni niqob qilganlar yo‘q emas, bor. Lekin bu degani bir o‘zbek xato qilsa, butun xalqni shunaqa qilib ko‘ratish kerakmas-ku? Odamlarda O‘zbekiston haqida shunaqa fikr paydo bo‘lib qolgan: bu yerda urush, buzg‘unchilik bo‘ladigan, rivojlanish va zamonaviylik yo‘q davlat deb o‘ylashadi. Men gaplashgan chet elliklarning bir nechasi shunaqa fikr bildirgan», — deydi Habibulla Nizomov.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi paytlarda rejissyorlardan bo‘layotgan filmlarda suratga tushish takliflarini rad etmoqda:
«Kinoning g‘oyasi yana shu o‘zbeklarni, o‘zbek musulmonlarining qayoqdadir buzg‘unchilik qilib yurganini ko‘rsatish bo‘lsa, unday filmlarga hissamni qo‘shmayman.
Masalan, ‘Baron’, ‘Sotqin’ va ‘Temur’ filmlarini shunday mavzuda deb ayta olaman».

«Baron» filmidan fotolavha
«‘Baron’ filmining g‘oyasini tushunmay, unda rol ijro etishga rozi bo‘lganman. Hozir filmning g‘oyasini keltirib beraman.
Butun dunyoni zaharlayotgan narkotik balosi. Shu baloni deb, qanchadan qancha odamlar o‘lib ketyapdi. Mana shu ishlarning boshida musulmon inson turibdi. Gapirayotganida hadis va oyatlarni aytayapdi. Balki bordir shunaqa musulmonlar, to‘g‘ri, unda buzuq musulmonni ko‘rsat?! Yuzida niqobi bo‘lsa, niqobini ko‘rsat!
Islomning har ko‘rinishini xunuk ko‘rsatib bo‘lmaydi, ustidan kulib, mazax qilib bo‘lmaydi, bu soqolmi, bu ro‘molmi. Mazax qilishga boshqa mavzular bor», — deydi aktyor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar