
Foto: Paramount
Hollivud aktyori Tom Kruz va Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Mask fazoda ilk to‘liq metrajli film suratga olishni rejalashtirmoqda.
Tom Kruz filmda bosh rolni ijro etadi hamda film NASA bilan hamkorlikda suratga olinadi. Film voqealari fazoda yuz beradi. Uni suratga olish ishlarining bir qismi Xalqaro koinot stansiyasida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda NASA direktori Jeyms Braydenstayn ma’lum qilgan. Qolgan tafsilotlar hozircha noma’lum.
“NASA’da Tom Kruz bilan Xalqaro koinot stansiyasi bortida suratga olinadigan film ustida ishlashdan xursandlar”, deb yozgan NASA direktori tvitterda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar