6 793
Manzura turmush qurmagani va farzandsizligi haqidagi savollar dilini vayron qilishini aytdi
Foto: Instagram/@manzura_singer
Xonanda Manzura marhum ota-onasi bilan so‘nggi marta qilgan sayohatini xotirladi. Xonanda ota-ona insonning eng yaqin do‘sti ekanligini bildirib, so‘nggi paytlarda uning dilini vayron qilayotgan savollar haqida ham gapirdi.
«Ramazon hammamiz uchun kutilgan oy, lekin men uchun aynan shu oy yanada qadrli, aynan shu oyda ota-onam bilan oxirgi marta sayohatga chiqqandim. Ular keksa edi, ob-havo juda isib ketmasidan Antaliyaga yo‘l oldik.
Insonning hayotida, albatta, do‘stlari bo‘ladi, faqat biz buni har doim ham anglamaymiz. Eng yaqin do‘st — bu sening ota-onang. Ular dunyodan o‘tganidan keyin senga hamisha hamroh va do‘sting Alloh.
Har bir ota-ona o‘z farzandining kelajakdagi taqdirini o‘ylab, Allohga omonat qilib, dunyodan o‘tadi. Harakat qiling, imkon qadar ular bilan vaqt o‘tkazishga va yana ularni rozi qilishga.
Ota-ona shunday ne’matki, qanaqa bo‘lishingdan qat’i nazar ular seni yaxshi ko‘raveradi. Boshqalarning gapidan xulosa qilib, sening yaqining bo‘lib, dushmanlik qilmaydi.
‘Nega farzanding yo‘q, nega turmushing yo‘q?’ deb sendan qayta-qayta so‘rab, dilingni vayron qilmaydi. Ota-ona senga Xudodan xotirjamlik, gunohlaringni afv etishini so‘rab, sen uchun jannatlardan qasrlar so‘raydi», — deb yozadi Manzura.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi