
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 9 may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joylashdi.
Jahongir Otajonov folloverlariga qizi Mumtozni tanishtirdi. Xonandaning aytishicha, Mumtoz qo‘shiq aytadi, bundan tashqari rasm ham chizadi. U qizining megayulduz bo‘lishiga umid qilmoqda.
Instagram’da juda kam ko‘rinish beradigan aktrisa Nargiza Salmonova rangin kunlar kelishiga oz qolganini aytib, musibatlarga sabrli bo‘lishni tiladi.
Munisa Rizayevaning fikricha, inson tinglayotgan musiqa unga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ulug‘bek Rahmatullayev muqaddas oyning nima sababdan Ramazon deb atalishi haqidagi rivoyatni ulashdi.
Ozoda Nursaidova onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar