7 293
Turkiyada Neslihan Atagul bosh rolni ijro etgan mashhur serialning davomi suratga olinadi
Foto: Getty Images
Turkiyaning Star telekanali rahbariyati Neslihan Atagul bosh rolni ijro etgan «Elchining qizi» seriali translyatsiyasini uzaytirishga qaror qildi, deb yozadi «Rusturkey.com».
Serialni suratga olish ishlari ikki oylik karantin vaqtida to‘xtab qolgan edi.
Qayd etilishicha, telekanal prodyuserlari va loyiha mualliflari ishtirokidagi majlisda serialning ikkinchi mavsumini suratga olishni zudlik bilan boshlashga qaror qilingan.
Serial ijodkorlari «Elchining qizi» bir necha yil davomida telekanal orqali efirga uzatilishi mumkinligini ham istisno qilmagan.
«Elchining qizi» seriali ikki sevishgan yoshlar Sanjar va Narening taqdiri haqida. Qiz va yigitning oilasi ularning birga bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Yoshlar hech narsaga qaramay, yashirin tarzda nikohdan o‘tishga qaror qiladi. Biroq o‘sha kuni Nare sirli ravishda g‘oyib bo‘ladi...
Neslihan Atagul o‘zbek tomoshabinlariga «Ishq sohillari» va «Sevgi iztirobi» seriallaridagi obrazlari bilan yaxshi tanish. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi