Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda sentabr oyidan boshlab har oyning birinchi yakshanbasida davlat muzeylariga kirish bepul bo‘lishini ma’lum qildi.
«2020 yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasida «ochiq eshiklar kuni» rejimini joriy qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu kunlarda tashrif buyuruvchilarning muzeylarga bepul kirishlarini ta’minlash maqsadida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayoni bormoqda.
Bu masalada teatrlardagi ochiq eshiklar kunini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin, ya’ni endi davlat muzeylariga belgilangan kunda aholini bepul kiritish tizimini yaratib, ularni tarixiy boy merosni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmoqda», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
Shuningdek, Madaniyat vaziri san’atkorlar haqidagi ma’lumotlarni jamlovchi yagona portal faoliyati yo‘lga qo‘yilishini bildirib o‘tdi.
- «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi hamda Axborot texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma qaror asosida yagona portal tashkil etiladi. Yagona portal tizimida mamlakatda faoliyat olib borayotgan san’atkorlarning barcha ma’lumotlari joylashtiriladi, dedi Ozodbek Nazarbekov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?