Kechagina Dipika Padukone o‘zining instagram sahifasida instagram foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan "Mendan xohlaganingizni so‘rang" loyihasida ishtirok etdi. Tabiiyki, savollarning aksariyati turmush o‘rtog‘i Ranvir Singh haqida bo‘ldi.
Unga quyidagicha savol bilan murojaat qilishdi: "Agarda hozir Ranvir Singhga ushbu platforma orqali biror gap aytish imkoni bo‘lganida, nima degan bo‘lardingiz?"
Dipika kulib shunday javob berdi: - "Imkonim bo‘lganida, "Azizim, uyg‘otganimdan keyin 35000 marta uxlab qolding, turaqol endi. Nonushta tayyor-r-r!", - degan bo‘lardim."
Ushbu mashhurlar juftligi doimiy tarzda instagramda yoki turli ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib borishadi, ba’zan ular shunday loyihada baravar onlayn ham bo‘lib qolishadi. Odatda, shunga o‘xshash holatlarda ular bir-biriga baralla sevgi izhor qilishadi. Biz bu baxtiyor sevishganlarga sevgilari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz... “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar