O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev vafot etdi
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev 18 iyul kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligining Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Anvar Kenjayev faoliyati davomida «Endi dadam bo‘ydoq», «Sardor», «Uchar otlar», «Ta’zidagi to‘y», «Ada emas, dada», «Oydinoy», «Suv yoqalab», «Yo‘qolgan odam» kabi filmlarda esda qolarli rollar ijro etgan.

«O‘zbekiston Madaniyat vazirligi marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor qiladi», — deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar