
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialining suratga olish ishlari boshlandi.
«O‘zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘p qismli film Turkiyaning «Bo‘zdag‘ film» studiyasi tomonidan suratga olinmoqda. Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat bo‘ladi. Uning rejissyori – Mehmet Bo‘zdag‘, ssenariy muallifi – Nazar Eshonqul.

Hozirda Turkiyaning Oqsaroy viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyalardan iborat pavilon qurilgan. Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi.

Shuningdek, filmda o‘zbekistonlik aktyorlardan Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabova ham rol ijro etishi kutilmoqda.
Jaloladdin Manguberdi ibn Muhammad 1199 yilda Xorazmda tug‘ilgan. 1221 yilda otasi Xorazmshoh A’loiddin Muhammad II vafotidan keyin taxtga o‘tirgan. Ko‘p yillar davomida Chingizxon jangchilariga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan. Ammo mo‘g‘ullarga qarshi yagona umumiy front tashkil etolmasdan, Kurdiston tog‘larida 1231 yilda o‘ldirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar