5 454
Alisher Uzoqov «zapret»ga tushganida 20 ming so‘mlik doriga puli bo‘lmagani haqida so‘zlab berdi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Alisher Uzoqov suhbat davomida «zapret» vaqtida 20 ming so‘mlik doriga ham puli bo‘lmagani, «zapret»dan qutilish uchun o‘zini o‘ldi, deb xabar tarqatmagani haqida gapirib berdi.
- "Kimdir haqida fikr bildirishdan oldin uning vaziyatini yaxshilab o‘rganish kerak. Men ‘zapret’ paytim ‘o‘ldim’ deb xabar chiqaradigan ahvolda emasdim. Ahvolim juda og‘ir edi. Yaxshigina kinolarim chiqib bo‘lgan, ‘Janob hech kim’, ‘Uylanish’, ‘Tundan tonggacha’ kabi bir qancha el tanigan kinolarim bor edi. Oilaliman, tirikchiligim faqat kinodan, nega ‘zapret’ bo‘ldim, qanchaga ‘zapret’ bo‘ldim, hech qanday ma’lumot yo‘q. Pul yo‘q.
O‘sha payt burnimda bir kasallik bor edi, burnim tez-tez bitadi, unga dori olib sepib yurishim kerak. O‘sha paytlarda u dori 20 ming so‘m turardi. Hattoki o‘sha dorini olishga ham pulim bo‘lmay qolgandi. Keyin 2-3 ming so‘mga naftizin olib, tomizib yurdim.
Uyimga kelib, eshigimni taqillatib, to‘yga 400, 500, 800 dollar beraman deyishganida chiqmaganman. Noshukrlik qilmaganman. Shunday qiyinchilik bo‘lishi kerak ekan, chidadim", - Alisher Uzoqov.
Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov «Janob hech kim», «Uylanish», «Tundan tonggacha», «So‘nggi lahza», «Islomxo‘ja», «Elparvar», «Mening akam bo‘ydoq», «Endi dadam bo‘ydoq» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. «Muzlagan», «Kuzda gullagan daraxt», «Mening akam bo‘ydoq», «Endi dadam bo‘ydoq» kabi filmlarga rejissyorlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi