Prodyuser, rejissyor Karan Johar nomi hind kinosevar muxlislariga yaxshi ma’lum. Esda qolarli filmlarni suratga oladigan, yangi iste’dodlarni kashf qiluvchi inson sifatida ta’rif berilishiga qaramay, u faoliyati davomida shaxsiy qarashlari yoki tanish-bilishchilik sabab kino olamida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan yosh aktyor va aktrisalarni yo‘liga g‘ov bo‘lgan.
Anushka Sharma
Foto: «Yandeks Dzen»
Mashhur bollivudlik jurnalist Radjiv Masandning tok-shousida Karan Johar, bugungi kunda hind kinosanoatida eng muvaffaqiyatli aktrisalardan biri hisoblangan Anushka Sharmaning karerasiga sabotaj qilmoqchi bo‘lganini ochiqchasiga tan olgan. Karan, 2008 yilda suratga olingan «Tangri yaratgan juftlik» filmidagi bosh qahramonni Anushka gavdalantirishiga qarshi bo‘lgan. Rejissyor Aditya Chopra aktrisa suratini ko‘rsatganida u bosh tortgan. Anushkaning tashqi ko‘rinishi yoqmagani sabab Adityaning qaroridan norozi bo‘lgan. Hatto filmni ikkilanib tomosha qilgan. Keyinroq aktrisa mashhurlikka erishganidan so‘ng esa o‘zining «Oshiq qalblar» filmiga taklif qilgan.
Ayushman Kxurana
Foto: «Yandeks Dzen»
Ayni vaqtda yosh tomoshabinlar uchun sevimli va ijrosidagi filmlar xit bo‘lgan Ayushman, o‘z mehnati bilan kino olamida o‘rnini topgan iste’dod egalaridan hisoblanadi. Aktyor haqidagi kitobda yozilishicha, bir vaqtlar u ham Karandan ish so‘ragan, bunga javoban Johar prodyuserlik uyining telefon raqamini bergan. Aktyor telefon qilganida esa javoban, ochiqchasiga kompaniya faqat yulduzlar bilan ishlashi va Ayushman ularga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilingan.
Priyanka Chopra
Foto: «Yandeks Dzen»
Nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan Priyanka eng talabgir aktrisalardan sanaladi. Ammo u ham bir vaqtlar Karan tomonidan chetga surilgan. «Don» filmining ikkinchi qismi loyihasi ustida ishlanayotgan bir vaqtda Shoxruh Xon va Priyanka o‘rtasidagi munosabatlar haqida mish-mish tarqalgan. Bollivud qirolining rafiqasi Gauri, kinosanoatdagi do‘stlari, xususan, Karanni ishga solib, Chopra xonimni Bollivuddan siqib chiqarmoqchi bo‘lgan. Ushbu urinish samarasiz, ammo Priyanka uchun ijobiy bo‘lgan. Gollivudda o‘zini sinab ko‘rinishga qaror qilgan aktrisa Amerikada turmush o‘rtog‘i Nik Jonas bilan tanishgan.
Sushant Singx Radjput
Foto: «Yandeks Dzen»
Marhum Sushant ham kinosanoatda o‘rnini topishi oson bo‘lmagan. Qolaversa u ham ijodining boshida Karan Joharning to‘sqinligiga uchragan. U bir vaqtlar Karan bilan tortishib qolgan va shundan keyin bir qancha yirik prodyuserlar u bilan ishlashdan bosh tortgan. Bir qancha loyihalardan quruq qolgani aktyorning o‘z joniga qasd qilganining sabablaridan biri bo‘lsa ajab emas.
Kangana Ranaut
Foto: «Yandeks Dzen»
Kangana cho‘rtkesar, laganbardorlik qila olmaydigan, to‘g‘riso‘z ijodkor sifatida yaxshi ma’lum. U Karan Joharni tanish-bilishchilikda ochiqchasiga ayblagan, Karan bunga javoban aktrisaning imijiga putur yetishi uchun qo‘lidan keladigan hamma narsani qilgan. Filmlaridan bironta ham rol bermagani uchun Kangananing achchiqlanayotganini ma’lum qilgan. Ranaut uch karra milliy kinomukofotni qo‘lga kiritgan va hozirda rejissyor va prodyuser sifatida ham faoliyat olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi