07:38 / 08.10.2020
1 964

Italiyada tanilayotgan Jan Yaman, serialdagi hamkasbini sevib qolgan Zuleyha, «Chuqur» qachon tugaydi?

Italiyada tanilayotgan Jan Yaman, serialdagi hamkasbini sevib qolgan Zuleyha, «Chuqur» qachon tugaydi?
Foto: «Yandeks Dzen»
Turk kinosi olamida har kuni qandaydir yangilik sodir bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan taqdim etilayotgan xabarlar barcha muxlislarga qiziq bo‘lishi tabiiy. Marhamat, siz ham ulardan boxabar bo‘ling.

Aras Bulut Iynemli sevgilisi Bige Onal va Nejip Memili turmush o‘rtog‘i Didem bilan birgalikda Istanbuldagi restoranlarning birida uchrashib qoldi. Suhbat davomida Aras hozircha boshqa loyihalarda rol ijro etmasligini va «Chuqur» serialida to‘liq ishtirok etishini aytgan. Ammo serialning 4-mavsumi yakuniy bo‘ladimi yoki yo‘qligi haqida prodyuserlar qaror qilishi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, aktyor koronavirus kasalligini oldini olish uchun suratga olish maydonchasida barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ham aytib o‘tgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Jan Yaman Italiyaning «Canale 5»da namoyish etiladigan «Verissimo» televizion dasturida mehmon bo‘ldi. Ko‘rsatuv 2020 yil 10 oktabr kuni efirga uzatiladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Demet O‘zdemir «Part» jurnali uchun o‘zgacha ko‘rinishda.

Foto: «Yandeks Dzen»
Xazal Kaya «Agentimga qo‘ng‘iroq qil» teleserialida mehmon bo‘ladi. Aktrisa loyihaning 8-qismida ishtirok etadi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Xande Erchel har yili 4 oktabrda nishonlanadigan «Butunjahon hayvonlarni himoya qilish» kuni munosabati bilan «Ularni bir yil davomida tarbiyalagan bir inson sifatida shunga aminmanki, jonzotlarga mehrdan boshqasi kerakmas. Ular o‘zining muhabbati bilan sog‘aytiradi. Ushbu uchta kuchukning hayotimga kirib kelishi va birgalikda yashashi meni juda ham sevintiradi. Dunyo muhabbatga o‘ralgan bo‘lsin», degan xabarni bo‘lishdi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Murat Yildirim muxlislar auditoriyasini kengaytirmoqda. «Ramo» seriali «Mako» nomi bilan misrliklar qalbini zabt etishni boshlaydi.

Foto: «Yandeks Dzen»
OAV xabarlariga ko‘ra, Oyku Karayel va Jan Bonomo ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Zuleyha» seriali qahramonlari Xilal Altinbilek va Kerem Alishik o‘zaro munosabatlarini yashirmoqda. Juftlik hatto ijaraga uy ham olgan, jurnalistlarning ta’kidlashicha, qo‘shnilar bir necha marotaba ularni birga ko‘rgan. Ammo Xilal ushbu yangilikni darhol rad etdi.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Yangi hayot» seriali asta-sekin final tomon yo‘l olmoqda. Agar reyting 6-qismdan keyin ko‘tarilmasa, serial 8-qismdan so‘ng yakunlanadi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Shuningdek, «Yaxshi kunda, yomon kunda» serialida imkoniyat qolmadi, ijodiy guruh serialning 6-qismida tomoshabinlar bilan xayrlashadi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)