O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida videokonfrensiya o‘tkazilmoqda. Unda vazir yaqinda Bosh prokuror tomonidan oshkor qilingan «grim operatsiyasi» haqidagi savolga javob berdi:
— Avvalo shuni aytish kerakki, bu hol vazirlik uchun uyatli. Afsuski, men bu voqeadan jinoyat ishi ochilgandan so‘ng xabar topdim. Ya’ni tender vaqtida qatnashmaganman.
Bilasizmi, firma tomonidan vazirlikka namuna tarzida toza grimm ko‘rsatilgan. Lekin teatrlarga oddiy mahsulot yetkazilgan.
Shundan so‘ng teatr xodimlari bizga shikoyat qilishganidan so‘ng jinoyat ishi ochildi, — dedi madaniyat vaziri.
Eslatib o‘tamiz, muqaddam o‘g‘irlik va talon-torojlik jinoyatlari uchun 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab chiqqan I. 2019 yil fevral oyida Madaniyat vazirligi bosh hisobchisi lavozimiga tayinlangan va u jinoiy sxema tuzib, 12 mlrd. so‘m budjet mablag‘ini o‘margan.
Ozodbek Nazarbekov 2020 yilning yanvarida Madaniyat vaziri etib tayinlangan. Bungacha u salkam ikki yarim yil davomida vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi