11:08 / 14.11.2020
2 860

Hechdan ko‘ra kech: Shvarsenegger ilk bor serialda bosh qahramon rolini o‘ynaydi

Hechdan ko‘ra kech: Shvarsenegger ilk bor serialda bosh qahramon rolini o‘ynaydi
Foto: «Gazeta.ru»
Aktyor Arnold Shvarsenegger karerasi davomida ilk bor serialda bosh qahramon rolini ijro qiladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, syujeti noma’lum bo‘lgan serialda «temir Arni» xalqaro josus rolini ijro qilibgina qolmay, loyiha prodyuseri sifatida ham faoliyat olib boradi. Aktyor va prodyuser Nik Santoro o‘rtasidagi shartnoma 2020 yilning yozida imzolangan.

Loyiha bilan Arnold rol ijro qilgan «Terminator: Genezis» va «Terminator: Qora taqdirlar» filmlarini suratga olgan Skydance Television studiyasi shug‘ullangan. Qayd qilinishicha, mazkur loyiha huquqi Netflix striming servisi orqali sotib olingan.

Serialda Arnoldning qizi rolini «O‘lim qiroli» filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Monika Barbaro gavdalantiradi. U avvalroq «Top Gan: Meverik» filmida Tom Kruz bilan birga bosh qahramon rolini ijro qilgan. Film taqdimoti pandemiya sabab 2021 yilga qoldirilgan. Aktrisa bunga qadar «Stamptaun», «Yaxshi politsiyachi», «Noreal bo‘ydoq» singari seriallarda suratga tushgan.

Devid Ellison, Dani Goldberg va Bill Bostdan tashqari, Arnold ham mazkur serialning prodyuseri hisoblanadi. Serialning qachon taqdim qilinishi hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hechdan ko‘ra kech: Shvarsenegger ilk bor serialda bosh qahramon rolini o‘ynaydi