Foto: «ampgoo.com»
Donald Tramp «Uyda yolg‘iz 2» filmining epizodida suratga tushish uchun ijodiy guruhga shart qo‘ygan. Bu haqda film rejissyori Kris Kolambus Insider’ga ma’lum qildi.
«U bizni kartinada uni ham suratga olishimizga majbur qildi», − ta’kidlaydi kinorejissyor. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijodiy guruh o‘sha paytda Trampga tegishli bo‘lgan Nyu-Yorkdagi Plaza mehmonxonasida filmning ayrim sahnalarini suratga olishga kelishgan. Albatta, bu uchun ular pul to‘lagan, ammo Tramp epizod rolda ishtirok etsagina, suratga olishga ruxsat berishini aytgan.
Kartinani montaj qilish jarayonida Kolambus Tramp ishtirok etgan sahnani qoldirishga qaror qilgan, chunki buni jamoatchilikka yoqadi, deb hisoblagan.
«Uyda yolg‘iz 2» filmidan tashqari, Tramp 1990 yillarda «Sheriklar», «Kichkintoy yaramaslar», «Namunali erkak» va «Eddi» kabi film, shuningdek, «Beverli-Xillz shahzodasi», «Enaga» kabi seriallarda epizod rollarni ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Boysundagi quduqda vodorod sulfidi sizib chiqishini bartaraf etishga yordam berdi
O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi
Yevroittifoq elchisi ishga qanday transportda boradi?
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
«FSB» Ukraina harbiy razvedkasi agenti o‘ldirilgani haqida xabar berdi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi