23:50 / 17.11.2020
2 203

Navoiyda germaniyaliklar bilan hamkorlikda tarixiy film suratga olinadi

Navoiyda germaniyaliklar bilan hamkorlikda tarixiy film suratga olinadi
Filmda ibtidoiy odamlar va o‘sha davrdagi ikki jangovar qabila rahbarlari farzandlari o‘rtasidagi muhabbat qissasi tasvirlanadi.
Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i Javlon Hasanovning ma’lum qilishicha, filmni suratga olish ishlari joriy yil dekabrida boshlanadi. Loyihaning umumiy qiymati 12 mlrd so‘m.

«Kino 2 yil davomida germaniyalik prodyuser va rejissyorlar bilan hamkorlikda tasvirga olinadi. Filmni hozircha, birinchi ssenariy bo‘yicha «Qoyalardagi muhabbat» deb nomlash ko‘zda tutilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – 7 ming yillik tarixga ega petroglif (qoyatoshdagi rasm)larimizni keng ommaga, umuman olganda dunyoga targ‘ib qilish va tarixiy merosimizni yetkazishdan iborat.

Sarmishsoy darasidagi qadimiy petrogliflarda xalqimizning o‘tmishdagi yashash tarzi, mentaliteti va nimalar bilan shug‘ullangani tasvirlangan. Toshlardagi suratlarda kamondan o‘q uzayotgan, ov yoki chorvadorlik bilan shug‘ullanayotgan odamlar aks etgan. Ular 7 ming yildan beri saqlanib kelmoqda.

Hozirgi kunda 10 mingdan ziyod petrogliflar mavjud. Ayni paytda muzey boshqarmasi va viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi bilan birga har birining tarixi bo‘yicha alohida kataloglar tayyorlanmoqda», – dedi Javlon Hasanov 16 noyabr kuni Navoiy viloyatidagi press-turda.

«O‘zbekkino» agentligi 3 sentabr kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, film postanovkachi rejissyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov bo‘ladi. Ssenariy Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskaya qalamiga mansub.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Navoiyda germaniyaliklar bilan hamkorlikda tarixiy film suratga olinadi